
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va oshkoralikni ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 🛣 Avtomobil yo‘llari tizimida ham xodimlarning halolligini oshirish va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan.

Shu maqsadda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda:
— Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” bo‘limi bosh mutaxassisi E. Eshaboyev,
— Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bosh yuriskonsulti M. Mashrapov,
— Boshqarma boshlig‘i U. Matnazarov,
— boshqarma va tizimdagi korxonalar mutasaddilari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.
✅ Seminar davomida korrupsiyaga qarshi mexanizmlar, xodimlar mas’uliyati va halollik tamoyillari bo‘yicha amaliy tavsiyalar muhokama qilindi.