

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 330-son qaroriga muvofiq, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarining yagona onlayn ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.
Tashkilotchi: Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Sohani raqamlashtirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish boshqarmasi.
Ishtirokchilar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Аvtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda yo‘l bo‘limi boshliqlari.
Seminarda asosiy e’tibor axborot tizimiga 20 dan ortiq yo‘l va yo‘l elementlarini kiritish va ulardan samarali foydalanishni o‘rgatishga qaratildi.
Kutilayotgan natija: Ushbu yagona onlayn ma’lumotlar bazasi yo‘l va yo‘l elementlari bo‘yicha tuman, viloyat, respublika miqyosida monitoring qilish, ularni xizmat va eskirish muddatlarini oldindan aniqlash, kelgusi sarf-xarajatlarni prognoz qilish kabi imkoniyatlarni yaratadi.