


Nukus tumani hududidagi mahalliy ahamiyatga ega 95V087 “95V130 avtomobil yo‘li (5 km.dan) – ‘Qutonko‘l’ OFY – Mamaqshi ovuli – ‘Kerder’ OFY” avtomobil yo‘lining 14–15-kilometr qismida asfaltlash ishlari olib borildi. Mazkur ishlar Nukus tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirildi. Ta’kidlash joizki, ushbu yo‘l uchastkasi «Tashabbusli budjet» dasturining 2025-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan edi.