
Chimboy va Qorao‘zak tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda davlat xaridlarida ochiqlik va mas’uliyatni ta’minlash orqali korrupsiyaga qarshi kurashish choralariga e’tibor qaratildi. Yakunda bunday holatlarning oldini olish hamda barcha faoliyat yo‘nalishlarida halollik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
