
“Tashabbusli budjet” dasturining 2025-yil 2-mavsumida Shumanay tumani “Mo’nchoqli” MFY hududidagi Bo’tako’z va Yangi avlod ko‘chasining 878 metr qismini asfaltlash loyihasi eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan edi.

Bugungi kunda yo‘l qurilish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligi asosida “Qoratov inert materiallari” MChJ tomonidan olib borilmoqda.
✅ Ushbu loyiha mahalla aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.