O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
Qoraqalpog’iston Respublikasining Bo‘zatov, Qorao‘zak, Kegeyli, Qo‘ng’irot, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Nukus, Taxiatosh, Taxtako‘pir, Xo‘jayli, Chimboy, Shumanay tumanlarida (keyingi o‘rinlarda — shimoliy tumanlar) mavjud er va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish hamda qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida:
auktsion savdolarida sotilgan narxidan qat’i nazar barcha xaridorlarga xarid to‘lovlarini 7 yil muddatda bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;
auktsion savdolarida sotilgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq to‘lovlar 3 oy ichida to‘liq to‘langanda shartnoma qiymatining 25 foiziga teng miqdorda chegirmalar berish;
jismoniy va yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan er uchastkalariga ijara huquqini elektron onlayn-auktsionda sotib olish qiymatini qonunchilikda belgilangan tartibda bo‘lib to‘lash imkoniyatini yaratish;
tuman hokimliklari balansidagi bo‘sh turgan binolarni xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik sub’ektlariga tanlov orqali berish va binoni tuman hokimligi balansida qoldirish, uch yildan so‘ng xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik to‘g’risidagi bitimni imzolash paytida baholangan qiymatning 50 foizi miqdorida haq to‘lash hisobiga besh yil davomida to‘lash sharti bilan taqdim etilgan binolarni xususiylashtirish imkonini berish.
Moliya vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan er maydonlarini foydalanishga kiritishda zaruratga ko‘ra sug’orish tik qudug’ini burg’ilash yoki nasos stantsiyasini qurish va ishga tushirish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Bosh prokuratura elektron savdoga haqiqatdan ham foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo‘jaligi erlari qo‘yilayotganligi ustidan nazorat o‘rnatsin.
2022 — 2024 yillar davomida Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy tumanlarida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy tumanlarida qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug’oriladigan er maydonlarini 2022 — 2024 yillarda qayta foydalanishga kiritish ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bosh vazir o‘rinbosarlari Sh.M. G’aniev, J.A. Qo‘chqorov ikki hafta muddatda:
2022 — 2024 yillar davomida Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy tumanlarida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni;
Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy tumanlarida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini;
Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy tumanlarida qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritiladigan er maydonlariga 2022 — 2024 yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlarini;
Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy tumanlarida 2022 — 2024 yillarda yangi mevali bog’larni barpo etish va mevali bog’larni turlar bo‘yicha joylashtirish ko‘rsatkichlarini;
Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy tumanlarida 2022 — 2024 yillarda yangi uzumzorlarni barpo etish bo‘yicha ko‘rsatkichlarni;
Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy tumanlarida qayta foydalanishga kiritiladigan er maydonlarida 2022 — 2024 yillarda asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini turlari bo‘yicha etishtirish va realizatsiya qilishning prognoz ko‘rsatkichlarini;
Qoraqalpog’iston Respublikasining shimoliy tumanlarida chorvachilik, parrandachilik (tuyachilik, yilqichilik, kurkachilik, bedanachilik, tuyaqushchilik) yo‘nalishlari bo‘yicha 2022 — 2024 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar ko‘rsatkichlarini tasdiqlasin.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashiga aholi tomorqalaridan, ijaraga berilgan erlardan samarali foydalanish, hudud iqlimi va erlarning hosildorligidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini to‘g’ri tanlash, parvarishlash hamda mahsulot etishtirish uchun har bir tumanga bir nafardan agronom biriktirish hamda ularning hokim yordamchilari bilan hamkorligini ta’minlash tavsiya etilsin.
Bunda, maxsus kvota bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan yoshlarning oliy ma’lumotga ega bo‘lganidan so‘ng, yo‘llanma berilgan korxona, tashkilot va boshqa muassasalarda kamida 5 yil davomida mehnat qilish majburiyati nazarda tutilsin.
shimoliy tumanlarda doimiy yashovchi etim, boquvchisini yo‘qotgan yoki nogironligi bo‘lgan hamda professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 100 foizigacha, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish;
shimoliy tumanlarda doimiy yashovchi yoshlarning O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishlari uchun tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari ajratilishida ushbu jamg’armaning kafilligini berish;
IELTS imtihon tizimidan 6 va undan yuqori ko‘rsatkichni, TOEFL imtihon tizimidan 60 va undan yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan shimoliy tumanlarda doimiy yashovchi yoshlarning ushbu imtihonlarni topshirish xarajatlarini AT «Xalq banki»ning tuman filiallari orqali to‘liq qoplab berish;
shimoliy tumanlarda doimiy yashovchi yoshlarning zamonaviy kasb, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xorijiy tillar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslarida o‘qishlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
shimoliy tumanlarda doimiy yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olti oygacha muddatli o‘quv kurslarida o‘qishlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
shimoliy tumanlarda doimiy yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha hamda xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
shimoliy tumanlarda doimiy yashovchi yoshlarni ta’lim, madaniyat va san’at, sport, «IT» va fanlar bo‘yicha o‘qitishga ixtisoslashgan o‘quv markazlari joylashgan binolarning uch oy muddatgacha bo‘lgan noturar joy ijara xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish choralarini ko‘rsin.
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G’aniev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYoEV
Toshkent sh.,
2022 yil 30 may,
PQ-264-son