Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi xalqaro avtomobil yo‘llarining o‘tkazuvchanlik darajasini oshirish va ularni zamonaviy talablarga moslashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar Muhtaram Prezidentimizning qaror va farmonlariga muvofiq bosqichma-bosqich olib borilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Jumladan, Prezidentimizning 2024-yil 24-dekabrdagi “2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi PQ–454-sonli qarorida A380 “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” avtomobil yo‘lining 698–723-kilometr oralig‘ini rekonstruksiya qilish vazifasi belgilangan.
Mazkur qaror ijrosi doirasida bugungi kunda Qipchoq Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan 710–716-kilometr qismida asfalt yotqizish jarayoni olib borilmoqda.
Rekonstruksiya natijasida A380 avtomobil yo‘lining mazkur qismi yanada sifatli, xavfsiz va yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Bu esa nafaqat transport vositalarining harakati uchun qulaylik yaratadi, balki hududlararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.