Nukus shahri hududidan o‘tuvchi D234 (4R176V) “А380 avtomobil yo‘liga chiqish yo‘li” avtomobil yo‘lining 0–3-kilometr qismida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’mirlash ishlari Qoratov Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan bajarilmoqda. Ushbu yo‘l davlat ahamiyatiga ega bo‘lib, Nukus shahrini aylanib o‘tishda muhim o‘rin tutadi.
Mazkur yo‘l orqali Kegayli, Chimboy, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlariga yo‘l oluvchilar shahar ichiga kirmasdan harakatlana oladi. Bu esa vaqtni tejash, shuningdek, Nukus shahridagi transport tirbandliklarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Yo‘l, ayniqsa, tumanlardan eksport qilinayotgan mahsulotlarni tashiydigan yuk avtomobillari uchun qulaylik yaratadi. Uning orqali A380 avtomobil yo‘liga chiqish imkoniyati ochiladi va bu Respublikaning boshqa hududlariga tezkor hamda samarali yetib borishni ta’minlaydi.