background

⚡️ Prezidentimizning PQ-248-sonli qarori amalda: D234 avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Admin 06-Sentabr-2025

⚡️ Prezidentimizning PQ-248-sonli qarori amalda: D234 avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Hurmatli Prezidentimizning “Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-248-sonli qaroriga muvofiq, Nukus shahridan Taxtako‘pir tumaniga olib boruvchi D234 “Nukus–Chimboy–Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining 59 kilometrlik qismini ta’mirlash uchun 15 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

 

Mazkur qaror ijrosi doirasida bugungi kunda qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, yo‘lning Chimboy tumani hududidagi 47–48-kilometr qismida asfalt yotqizish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ish jarayonlariga 7 ta zamonaviy maxsus texnika va 12 nafar ishchi kuchi jalb qilingan. Ushbu bunyodkorlik ishlari natijasida nafaqat transport infratuzilmasi yangilanadi, balki aholining kundalik hayoti yengillashadi, hududlararo aloqalar mustahkamlanadi va iqtisodiy faollik yanada oshadi.

Skip to content