background

⚡️ Avtomobil yo‘llarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi

Admin 11-Sentabr-2026

⚡️ Avtomobil yo‘llarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi avtomobil yo‘llarida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari bilan tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida Qorao‘zak va Beruniy tumanlari hududidan o‘tuvchi A380 «G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu» avtomobil yo‘lining 673–698-kilometrlari oralig‘idagi 25 kilometrlik qismida Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishildi. Mazkur yo‘l qismida sement-beton qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori asosida Bo‘zatov tumanida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlari ham o‘rganildi. Xususan, «Erkindaryo» OFY hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yo‘llarning yangilanishi va ularning mahalla aholisi hayotidagi ahamiyati haqida mahalla faoli Palxan Abatovaning fikr-mulohazalari tinglandi.

Press-tur davomida amalga oshirilayotgan loyihalarning hudud transport infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Skip to content