background

O‘zbekistonda 200 km avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan

Admin 21-Oktabr-2026

O‘zbekistonda 200 km avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan xorijiy investitsiyalar va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lum qildi. (https://telegra.ph/Ozbekistonda-200-km-avtomobil-yollarini-qurish-va-rekonstruksiya-qilish-rejalashtirilgan-10-20)

Joriy yilda sohada jami 15 ta loyiha, jumladan, xalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta va davlat-xususiy sheriklik asosida 2 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ular doirasida 442 million dollar o‘zlashtirish va 200 km avtomobil yo‘llarini qurish hamda rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilga nisbatan 1,5 baravar ko‘p.

Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida 9 ta loyiha doirasida 110 km avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilindi. Buning uchun 214,3 million dollar miqdorida ishlar bajarilib, belgilangan reja 101 foizga ijro etildi.

Shuningdek, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va sohaga yangi investitsiyalarni jalb qilish maqsadida 50 dan ortiq xorijiy hamkor bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ushbu loyihalar yo‘llarning holatini yaxshilash, hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish va fuqarolar uchun qulayroq qatnov sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

 

https://t.me/avtoyulqumita/88886

Skip to content