background

⚡️Beruniy tumani hududida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Admin 22-Sentabr-2026

⚡️Beruniy tumani hududida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Beruniy tumani hududidan o‘tgan 95V017 “A380 avtomobil yo‘li (636 km.dan) – Ko‘kko‘z pristani – Beshmergan ovuli” avtomobil yo‘lining 5–8-kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur yo‘lning jami 2,7 kilometr qismiga asfalt-beton qoplamasi yotqizilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni vaqtda yo‘lga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, ushbu yo‘l qismida transport vositalarining harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratiladi.

Skip to content