
Ijtimoiy tarmoqlarda (https://t.me/Kar24Uz/55772) To‘rtko‘l tumani va Ellikqal’a tumanlarini bog‘lovchi D239 “A380 avtomobil yo‘lining 661-kilometridan – Qizilqal’a ovuli – Bo‘ston shahri – Guldursun ovuli – To‘rtko‘l shahri” avtomobil yo‘lining 61—62-kilometrida yuzaga kelgan nuqsonlar aks etgan video murojaat tarqaldi.
Mazkur murojaat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijasida yo‘lning mazkur qismida yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etish hamda yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitini ta’minlash maqsadida tegishli ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgani ma’lum qilamiz.
Aniqlangan kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish bo‘yicha ishlar mas’ullar nazoratiga olingan.
Avtomobil yo‘llarining holati va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi doimiy e’tiborda bo‘lib, bu boradagi ishlar belgilangan tartibda davom ettiriladi.