background

⚡️ A380 avtomobil yo‘lida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Admin 15-Sentabr-2026

⚡️ A380 avtomobil yo‘lida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Muhtaram Prezidentimizning topshirig‘i bilan Qorao‘zak va Beruniy tumanlari hududidan o‘tuvchi A380 «G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu» avtomobil yo‘lining 673–698-kilometrlari oralig‘idagi 25 kilometr qismni Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish belgilangan edi. Shu asosda ayni paytda mazkur yo‘l qismida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Qurilish jarayonining borishi O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Doniyor Rahmatullayev hamda Orolbo‘yi transport prokurori Dauletbay Madenov tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida mutasaddilar tomonidan qurilish ishlarida belgilangan me’yor va sifat talablariga rioya etilishi alohida e’tibor bilan ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ishlarning belgilangan jadval asosida olib borilishi yuzasidan pudratchi tashkilot mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Skip to content