background

⚡️D234 AVTOMOBIL YO‘LINING KEGAYLI TUMANIDAN O’TGAN QISMI KENGAYTIRILMOQDA

Admin 09-Sentabr-2026

⚡️D234 AVTOMOBIL YO‘LINING KEGAYLI TUMANIDAN O’TGAN QISMI KENGAYTIRILMOQDA

D234 «Nukus—Chimboy—Taxtako‘pir» avtomobil yo‘lining Kegayli tumani hududidan o‘tuvchi 21–22-kilometr qismida yo‘lni kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur yo‘lning ushbu qismi avval 12 metr kenglikda bo‘lgan. Amalga oshirilayotgan ishlar yakunlangach, yo‘lning eni 22 metrga yetkaziladi. Bu esa mazkur hududda transport vositalarining harakatlanishi uchun yanada qulay sharoit yaratish, yo‘lning o‘tkazuvchanligini oshirish hamda harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mazkur ishlar Kegayli tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Skip to content