

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi yurtimizda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajak yaratamiz” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanmoqda.
Bayram arafasida yurtimiz taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, sohalarda samarali mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning fidokorona faoliyati munosib e’tirof etilmoqda.
Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Boshqarma boshlig‘i Umrbek Matnazarov so‘zga chiqib, barcha xodimlarni ulug‘ ayyom — Mustaqillik bayramining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, Boshqarma tizimidagi tashkilotlarda uzoq yillar davomida samarali va fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bayramona tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, soha xodimlariga yangi kuch va ilhom bag‘ishladi.