
Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son “Hududlarni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Mo‘ynoq tumanida avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Mo‘ynoq tumani “Qazoqdaryo” OFY hududidagi 3,2 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ishlar hududdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash hamda mahallalarda yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.