
Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son “Hududlarni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qo‘ng‘irot tumani «Ustyurt» OFY hududidagi ichki avtomobil yo‘lining 1 kilometr 700 metr qismida yangi asfalt qoplamasini yotqizish ishlari olib borildi.
Mazkur loyiha hudud aholisining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, transport qatnovini yaxshilash hamda yo‘l infratuzilmasi sifatini oshirishga xizmat qiladi.