

Mo‘ynoq tumanida 95V124 Shag‘irli–Porlatau avtomobil yo‘lining 15-24 km.lar oralig‘ida (9 km. oraliq) qora qoplamali asfalt yotqizish ishlari boshlanish arafasida. Ayni paytda ushbu jarayon uchun zarur tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.
Ushbu yo‘lga qariyb 40 yil davomida yetarli e’tibor qaratilmagan. Vaqt o‘tishi bilan yo‘lning qatnov qismi yaroqsiz holatga kelib, chuqurlar ko‘paygan va harakatlanish qiyinlashgan edi.
Bugungi kunda esa Muhtaram Prezidentimizning maxsus qarorlari asosida yo‘lni ta’mirlash va asfaltlash ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Yaqin kunlarda mazkur hudud aholisi va yo‘lovchilar uchun:
▫️ xavfsiz;
▫️ qulay;
▫️ zamonaviy yo‘l sharoiti yaratiladi.
Bu ishlar nafaqat yo‘l infratuzilmasini yaxshilaydi, balki hudud aholisi turmush farovonligini oshirishga ham xizmat qiladi.