
Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga muvofiq, Qonliko‘l tumani hududidagi «Sari oltin» OFYda joylashgan 95V054 «Qo‘sjap OFY markazi»ga olib boruvchi avtomobil yo‘lining 0–6,2 kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida yo‘lning transport ekspluatatsion holatini yaxshilash, harakat xavfsizligi va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida zarur qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’mirlash ishlari Xo‘jayli tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan belgilangan reja asosida sifatli va o‘z vaqtida bajarilmoqda. Mazkur ishlar natijasida hudud aholisi uchun xavfsiz va qulay transport qatnovi ta’minlanadi.