background

⚡️Qorao‘zak tumanida yo’l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Admin 14-Iyul-2026

⚡️Qorao‘zak tumanida yo’l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Qorao‘zak tumani «Berdaq» OFY hududidagi Kepe ovulidagi ichki yo‘llarning 2 kilometr 280 metr qismiga yangi asfalt qoplamasi yotqizildi.

Mazkur loyiha «Tashabbusli budjet» dasturining 2026-yil 1-mavsumi doirasida aholi tomonidan eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan tashabbuslardan biri hisoblanadi.

Qurilish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida «Botirbek Xabibullaev» MChJ tomonidan amalga oshirildi.

Mazkur loyiha hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda ovul infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Skip to content