
«Tashabbusli budjet» dasturining 2026-yil 1-mavsumi doirasida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida Nukus shahri «Qutli makon» MFY hududidagi Sauir samali, Davron, Yangi birlik ko‘chalarining 1 kilometr 650 metr qismiga yangi asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.
Mazkur loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida «Universal Premiyum Stroy» MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha yakunlangach, mahalla aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi.