
Tashabbusli budjet dasturining 2026-yil 1-mavsumi doirasida Kegeyli tumani «Obod makon» MFY hududidagi «El xazinasi» ko‘chasining 1 kilometr 730 metr qismini yangidan asfaltlash loyihasi g‘olib deb topilgan edi.
Bugungi kunda mazkur loyiha doirasida ko‘chada asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirildi. Ushbu qurilish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida «Doniyor Avto Servis» MChJ tomonidan bajarildi.
Mazkur loyiha aholi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy natijasi bo‘lib, hududdagi transport qatnovi qulayligini oshirish, fuqarolar uchun yanada munosib infratuzilma yaratishga xizmat qiladi.