
Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli “2026-yilda hududlarni rivojlantirish orqali aholining daromadini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublikamiz bo‘ylab infratuzilmasi og‘ir va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 96 ta mahallada keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur dastur doirasida Beruniy tumanidagi 7 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha qator loyihalar belgilangan.
Bugungi kunda tumanning “Xorazm” mahalla fuqarolar yig‘inida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Loyiha doirasida mahalladagi 7 ta ichki ko‘chada jami 4 kilometr masofaga asfalt qoplamasi yotqizilishi rejalashtirilgan.
Amalga oshirilayotgan ishlar mahalla aholisining transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratish, ichki yo‘llarning sifatini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.