background

⚡️Shumanay tumanida D235 avtomobil yo‘lining 22 kilometrlik qismi yangilanmoqda

Admin 18-May-2026

⚡️Shumanay tumanida D235 avtomobil yo‘lining 22 kilometrlik qismi yangilanmoqda

 

Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 21-fevraldagi PQ-70-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillarga mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida Shumanay tumani hududidan o‘tuvchi D235 (4R177) “Qonliko‘l” temir yo‘l bekati – Shumanay shahri – “Qoraboyli” temir yo‘l bekati avtomobil yo‘lining 45–67-kilometr qismida yangidan qora qoplamali asfalt yotqizish ishlari belgilangan.

Ayni paytda Shumanay tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan mazkur avtomobil yo‘lining 45–47-kilometr qismida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari davomida zamonaviy texnika va mexanizmlardan samarali foydalanilmoqda.

Mazkur loyiha to‘liq yakunlangach, avtomobil yo‘lining 22 kilometrlik qismi yangilanib, hudud aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi. Eng muhimi, xalqimizning uzogʻi yaqin, og‘iri yengil bo‘lishiga xizmat qiladi.

Skip to content