

Mamlakatimizda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun xavfsiz va qulay harakat sharoitlarini yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Beruniy tumani Beruniy ko‘chasi bo‘ylab o‘tuvchi D154 (4R171a) «A380 avtomobil yo‘lining 632-kilometridan Beruniy shahriga» avtomobil yo‘lining 5–6-kilometr oralig‘ida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida avval 10 metr bo‘lgan yo‘l kengligi 15 metrga yetkaziladi, shuningdek, yo‘l bo‘yida tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda piyodalar yo‘laklarini barpo etish ishlari ham amalga oshiriladi.
Mazkur yangilanishlar transport harakati xavfsizligi va qulayligini oshirish bilan birga, hudud infratuzilmasini yaxshilash, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish hamda aholi turmush sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.