
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-132 sonli qaroriga asosan, Qo‘ng‘irot tumanini 2025–2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Qo‘ng‘irot tumani hududidan o‘tuvchi 95V144 «D231 avtomobil yo‘li (4 km.dan) – “Ravshan” OFY – “Saksaulsoy” OFY avtomobil yo‘lining 0—1-km oralig‘ida asfalt yotqizilmoqda. Mazkur ishlar Qo‘ng‘irot tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur amalga oshirilayotgan ishlar natijasida hududda yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, aholi va transport qatnovi uchun qulayliklar yaratiladi hamda harakat xavfsizligi yanada oshiriladi.