

A380 «G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu» avtomobil yo‘lining 673–674-kilometr qismida sel kelishi oqibatida suv toshishi yuzaga kelgan bo‘lib, ushbu holat yuzasidan Beruniy TYFDM tomonidan bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ish jarayoniga 5 ta maxsus texnika va 10 nafar ishchi jalb qilingan. Hozirda avtomobil yo‘lida harakat tiklangan bo‘lib, sel oqibatida zarar ko‘rgan uchastkalarda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, D239 avtomobil yo‘lining (A380 «G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu» avtomobil yo‘li, 661 km) Qizilqal’a ovuli – Bo‘ston shahri – Guldursun qishlog‘i – To‘rtko‘l shahri yo‘nalishidagi 9–10-kilometr oralig‘ida yo‘lning o‘ng tomonida joylashgan yo‘l cheti sel oqimi ta’sirida yuvilgan. Mazkur hududda Ellikqal’a TYFDM tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Jarayonga 5 ta maxsus texnika hamda 6 nafar ishchi jalb etilgan. Hozirgi vaqtda avtomobil yo‘li yopilmagan bo‘lib, transport vositalarining harakati uzluksiz davom etmoqda.