background

❗️ TEZKOR AXBOROT❗️

Admin 05-Aprel-2026

❗️ TEZKOR AXBOROT❗️

Sel oqibatida ayrim avtomobil yo‘llarida suv toshishi va yo‘l qatnov qismida suv to‘planishi holatlari kuzatilmoqda.

Mazkur holat keskin ob-havo sharoiti va kuchli yog‘ingarchilik natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, ayrim yo‘l uchastkalarida transport harakatiga noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.

Hozirda vaziyat zudlik bilan nazoratga olinib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilgan. Ushbu ishchi guruh tomonidan suvni bartaraf etish, yo‘l qatnov qismini tezkor tiklash hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Ayni paytda hududlarda maxsus texnikalar jalb etilgan holda suvni chiqarish va oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Avtotransport haydovchilaridan hushyor bo‘lishlari, ehtiyot choralarini ko‘rishlari hamda yo‘l belgilari va mutasaddilar ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishlari so‘raladi.

Skip to content