
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarning birida Nukus shahri hududidagi D234 (4R176A) “Nukus temir yo‘l vokzaliga” (A. Dosnazarov ko‘chasi) avtomobil yo‘lining 9–10-km oralig‘ida qoplamada paydo bo‘lgan nuqson bo‘yicha murojaat tarqalgan edi.
Mazkur holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ushbu hududda 3 kun muddat ichida ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilandi.
Hozirgi vaqtda zarur tashkiliy hamda texnik choralar ko‘rilmoqda. Belgilangan muddatlarda ishlar sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi ta’minlanadi.
Ta’mirlash ishlarining borishi hamda yakuniy natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasining rasmiy sahifalari (https://t.me/qaraqalpaq_avtojol) orqali kuzatib borishingiz mumkin.