

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur murojaatda ko‘rsatilgan holat A380 “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” avtomobil yo‘lining To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tgan 559–560-kilometr qismiga to‘g‘ri keladi.
Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu hududda vaqtinchalik asfalt qoplamasini yotqizish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, mazkur yo‘l qismi beton qoplamadan iborat bo‘lganligi sababli, hozirda beton qoplamani tiklash bo‘yicha zarur texnik ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz.
Qo‘shimcha ravishda, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va transport vositalari uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.