background

⚡️ Yo‘lchi xotin-qizlar o‘rtasida shaxmat-shashka musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Admin 25-Fevral-2026

⚡️ Yo‘lchi xotin-qizlar o‘rtasida shaxmat-shashka musobaqasi bo‘lib o‘tdi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan hamda joriy yilning 15-fevralidan 15-martiga qadar “Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu asosda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tizimidagi xotin-qizlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha Qanliko‘l tumanida musobaqa tashkil etildi.

Unda Xo‘jayli, Shumanay, Qanliko‘l, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot hamda Qo‘ng‘irot tuman yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasalari xodimalari o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — Dinara Sabitova (Qo‘ng‘irot TYFDM)
🥈 2-o‘rin — Guzlar Nurimbetova (Qo‘ng‘irot YMFDM)
🥉 3-o‘rin — Malika Sdikova (Shumanay TYFDM)

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Ta’kidlash joiz, bu kabi sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar tizimdagi boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.

Sport — salomatlik va birlik timsoli!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muhtarama ayollar!

 

Skip to content