
Qoraqalpog’iston Respublikasi Avtomobil yo’llari Bosh boshqarmasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orolbo‘yi transport prokurori D. Madenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB boshlig‘i Sh. Abudunazarov hamda Boshqarma boshlig‘i U. Matnazarov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida hududdagi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, yo‘llarda xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda aholining yo‘l harakati qoidalariga ongli munosabatini shakllantirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.