
Shimboy tumani “Berdaq” MFY hududidagi Kunxo‘ja ko‘chasini asfaltlash ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ayni paytda ko‘chada yo‘lning asos qatlamini mustahkamlash maqsadida sheben (chaqiq tosh) yoyish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha “Tashabbusli budjet” dasturining 2-mavsumida g‘olib deb topilgan bo‘lib, aholi tashabbusi asosida yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.

Obyekt buyurtmachisi sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi faoliyat olib bormoqda. Qurilish ishlari esa «Qoʻngʻirot Izvest Invest» MCHJ tomonidan bajarilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar yakuniga yetkazilgach, Kunxo‘ja ko‘chasida harakatlanish qulayligi va xavfsizligi yanada yaxshilanadi hamda mahalla aholisi uchun zamonaviy va sifatli yo‘l infratuzilmasi yaratiladi.