background

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari yuzasidan tuman tashkilotlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Admin 11-Fevral-2026

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari yuzasidan tuman tashkilotlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda 2025-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-270-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Xo‘jayli, Shumanay va Qanliko‘l tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasalarida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Uzaqbergenov hamda ishchi xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, davlat organlari va tashkilotlarining mas’uliyati, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarning mazmun-mohiyati keng yoritildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini bajarishda qonun ustuvorligiga qat’iy rioya etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

 

Skip to content