
Ellikqal’a tumanida transport infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi.
Ellikqal’a tumani Dumanqal’a MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega 95V152 “D239 avtomobil yo‘li (40 km)dan – Sarabiy OFYga” avtomobil yo‘lining 5–6 km oralig‘ida avtomobil yo‘li va temir yo‘l kesishmasida yangi yo‘l o‘tkazgich qurib bitkazildi.

Mazkur inshootning uzunligi 18 metr, eni esa 10 metrni tashkil qiladi. Ushbu yo‘l o‘tkazgich avtomobil va temir yo‘l harakatini bir-biridan ajratgan holda, xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi yo‘l o‘tkazgichning ishga tushirilishi natijasida transport oqimi tartibga solinib, temir yo‘l kesishmalarida yuzaga keladigan tirbandlik va kechikishlarning oldi olinadi. Eng asosiysi, ushbu loyiha hudud aholisi uchun qatnovni yanada qulay, tezkor va xavfsiz qiladi.