
Qo‘ng‘irot tumani hududidagi “Qoraqalpog‘iston” va “Jasliq” posyolkalarida qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Mazkur ob-havo sharoitida avtomobil yo‘llarida yaxmalaklar hosil bo‘lishi ehtimoli mavjud.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Qipchoq yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan A380 «G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu» avtomobil yo‘lida zarur choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, avtomobil yo‘llariga qum-tuz aralashmasi sepish ishlari olib borilmoqda.
❗️Hurmatli haydovchilar!❗️
Avtomobil yo‘llarida harakatlanishda ehtiyot choralariga rioya qilishingiz, belgilangan tezlik va oraliq masofani saqlashingiz hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishingiz so‘raladi.