background

⚡️ Amudaryo tumanida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Admin 10-Yanvar-2026

⚡️ Amudaryo tumanida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

 

Bugun Amudaryo tumanida avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash hamda yo‘l xo‘jaligi sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i U. Matnazarov, shuningdek, boshqarma tarkibidagi tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasalari rahbarlari va texnik nazorat xodimlari ishtirok etdi.

 

Seminar davomida avtomobil yo‘llarida hosil bo‘lgan chuqurchalarni joyida ta’mirlash imkonini beruvchi mini asfalt zavodi — “PARCHER” uskunasi amaliy tarzda namoyish etildi. Ushbu texnikaning ishlash jarayoni va asfalt ishlab chiqarish quvvati ko‘rsatildi.

Mazkur texnika soatiga 3 tonnagacha asfalt ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, yoqilg‘i tejamkorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, uskunaning mavsum tanlamasdan ishlashi hamda asfalt mahsulotini qayta ishlab chiqarish imkoniyati yo‘l xo‘jaligi sohasida uning samaradorligini yanada oshirishi takidlandi.

Seminar yakunida ushbu texnikaning yo‘l xo‘jaligidagi samaradorligi e’tirof etilib, bunday zamonaviy texnikalar sonini ko‘paytirish, ularni boshqa tumanlarga ham keng jalb etish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Skip to content