

Qoraqalpoq davlat universitetida 2025–2026-o‘quv yili uchun «Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining stipendiyasi» sovrindori bo‘lgan Arxitektura fakulteti, Shahar qurilishi va xo‘jaligi kafedrasi, Yo‘l muhandisligi ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Karamatdinova Ma’mura Nizametdinovaga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi boshlig‘i U. Matnazarov, Qoraqalpoq davlat universiteti Arxitektura fakulteti dekani B. Kidirbayev, oliygoh jamoasi hamda talabalar ishtirok etdi.

Mazkur stipendiya yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va amaliy salohiyatini oshirish, shuningdek, yo‘l xo‘jaligi sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Tadbir yakunida stipendiya sovrindorining kelgusida ham ta’lim va ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishishiga ishonch bildirilib, unga muvaffaqiyatlar tilandi.