

2025-yil 9-dekabr kuni 17071-harbiy qismda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi bosh yuristi U. Raxmanova tomonidan Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilarga korrupsiya tushunchasi, uning jamiyat va davlat hayotidagi salbiy oqibatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi hamda ushbu illatga qarshi kurashishning dolzarbligi alohida ta’kidlandi.