background

⚡️Mo‘ynoqda yo‘l infratuzilmasi jadal yangilanmoqda

Admin 03-Dekabr-2025

⚡️Mo‘ynoqda yo‘l infratuzilmasi jadal yangilanmoqda

 Mo‘ynoq tumani hududida so‘nggi yillarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 4889-sonli qarori asosida tuman aholisining hayot sifati va transport qulayligini oshirishga qaratilgan yirik infratuzilma loyihalari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada 95V148 (4N110) “Mo‘ynoq shahri – Orolbo‘yi pristani” avtomobil yo‘lida kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Loyihaga ko‘ra:

 Yo‘lning eskirgan qoplamasi yangilanib, qora asfalt yotqizilmoqda;
 Mahalliy aholining piyoda harakatlanishini yengillashtirish maqsadida ikki yoqlama zamonaviy piyodalar yo‘laklari qurilmoqda;
 Ishlar Mo‘ynoq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan sifatli bajarilmoqda.

Ushbu ishlar tufayli aholining harakatlanishida qulaylik yaratilmoqda va Mo‘ynoqning zamonaviy qiyofasi yanada mustahkamlanib bormoqda.

Skip to content