

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi Azizbek Uzaqbergenov tomonidan tizimdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi hamda Qipchoq yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi xodimlari ishtirokida yig‘ilishlar tashkil etildi.


Tadbir davomida davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsion holatlarning oldini olish, shuningdek, xizmat intizomini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shu bilan birga, xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablarini chuqur o‘rganish, o‘z kasbiy faoliyatida halollik, mas’uliyat va ochiqlik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.