Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi Azizbek Uzaqbergenov tomonidan tizimdagi Taxiatosh, Xo‘jayli va Nukus tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasalari xodimlari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida davlat xaridlarida shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsion holatlarning oldini olish hamda xizmat intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablarini chuqur o‘rganish, kasbiy faoliyatda halollik, mas’uliyat va ochiqlik tamoyillariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.