background

⚡️Avtomobil yo‘llaridagi qurilish ishlari va ta’mirtalab ko‘priklarning holati o‘rganildi

Admin 31-Oktabr-2025

⚡️Avtomobil yo‘llaridagi qurilish ishlari va ta’mirtalab ko‘priklarning holati o‘rganildi

   

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Shuxrat Nazarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Umrbek Matnazarov bilan birgalikda “A380 — G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beyneu” xalqaro avtomobil yo‘lining 673–698-kilometrlar oralig‘idagi 25 kilometrlik qismini sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish ishlari jarayoni bilan tanishdi. O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, texnologik jarayonlarga rioya etilishi, yo‘l asosining mustahkamligi hamda xavfsizlik talablariga e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga ishlarni belgilangan me’yor va muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Beruniy tumani hududidagi ta’mirtalab holatga kelib qolgan ko‘priklarning ahvolini o‘rganib, ularni bosqichma-bosqich ta’mirlash masalalarini muhokama qildilar. Mazkur o‘rganish ishlarining maqsadi — yo‘l tarmoqlarida bajarilayotgan ishlar sifati va samaradorligini baholash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, aholiga xavfsiz va qulay transport harakati sharoitini yaratishdan iboratdir.

Skip to content