background

Huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi

Admin 14-Oktabr-2025

Huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi

“Sanaat” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, sport maydonchalaridan samarali foydalanish va ularning holatini yaxshilashga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Qo‘ng‘irot yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi yuriskonsulti G. Nurimbetova ishtirok etib, aholiga sport maydonchalarini toza saqlash, ularni asrash va yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish borasida tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, mahallalarda faol yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratish, mavjud sport maydonchalarini yangilash va obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida fuqarolar o‘z fikr va takliflarini bildirib, sport muhitini yanada jonlantirishda barchaning faol ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.

Skip to content