Til bu — millatning ruhi, xalqning yuragi.
Bugun — yurtimiz tarixida muhim ahamiyat kasb etgan, xalqimizning ma’naviy birligi va milliy o‘zligining ifodasiga aylangan qutlug‘ sana — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunni nishonlamoqdamiz.
Ona tilimiz — millatimizning faxri, qadriyatlarimizning poydevori, yuragimizdagi g‘urur va iftixor manbaidir. Davlat tili maqomining berilishi xalqimizning o‘zligiga, milliy tafakkuriga hamda boy madaniy merosiga hurmat va e’tibor ifodasidir.
Shu munosabat bilan milliy g‘ururimiz — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ya’ni “21-oktabr — O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan siz, aziz hamkasblar, shuningdek siz orqali barcha vatandoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i U. Matnazarov