background
Admin 16-Oktabr-2025

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatga (https://t.me/antikorruz/43138) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildiradi.

Mazkur ko‘prik D218 “Urganch–Cholish–Beruniy–Bo‘ston” avtomobil yo‘lining 18,1-kilometr qismida joylashgan bo‘lib, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilganiga qaramay, me’yoridan ortiq yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakati oqibatida ta’mirtalab holatga kelib qolgan.

Fuqarolar va transport vositalari harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘prikdan harakatlanish vaqtincha to‘xtatiladi va ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Mazkur ko‘prik yopilgan davrda avtomobillar harakati D218 avtomobil yo‘lining 15-kilometr qismidan 95V021 “Shabboz” OFY » orqali kirib, А380 avtomobil yo‘lining 627-kilometr qismidan chiqadigan muqobil yo‘nalish bo‘ylab amalga oshiriladi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘raymiz va bu vaqtinchalik chora harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilganini ma’lum qilamiz.

Skip to content