background

⚡️Nukus yangi qiyofa kasb etmoqda

Admin 09-Oktabr-2025

⚡️Nukus yangi qiyofa kasb etmoqda

Nukus kirish qismidagi “Kapalak ko‘prik” endilikda nafaqat muhim transport inshooti, balki shahar ruhini ifodalovchi yangi timsollardan biriga aylanmoqda. Devorlar milliy ruhni aks ettiruvchi qoraqalpoq milliy naqshlari bilan bezatilib, zamonaviy yoritish tizimi o‘rnatilmoqda.

Bu naqshlar — xalqimizning boy madaniy merosidan darak beruvchi timsollar bo‘lib, ularning zamonaviy me’morchilik bilan uyg‘unlashuvi Nukus shahrining yangi qiyofasini yorqin namoyon etmoqda. Bunday dizayn nafaqat shahar ko‘rkini oshiradi, balki Nukusga kirib kelayotgan har bir mehmon uchun milliylik, go‘zallik va zamonaviylik uyg‘unligini his etish imkonini beradi.

Bugun “Kapalak ko‘prik” — bu oddiy yo‘l inshooti emas. U Qoraqalpoq xalqining boy madaniy merosi, estetik didi va zamonaviy ruhini o‘zida mujassam etgan, shahar qiyofasiga san’at nafosatini olib kirgan noyob inshootga aylanmoqda.

Skip to content