background

⚡️Taxiatosh tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Admin 06-Oktabr-2025

⚡️Taxiatosh tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Taxiatosh tumani hududidagi “Taxiatosh” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Yassaviy va O‘zbekiston ko‘chalarida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar doirasida ushbu ko‘chalarning jami 1 kilometr 370 metr qismi yangidan asfalt qoplamasi bilan ta’mirlandi.

Asfaltlash ishlari Taxiatosh tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan sifatli asfalt aralashmasi asosida olib borildi.

Yangi yo‘l qoplamasi mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz transport harakatini ta’minlash, piyodalar harakatini yengillashtirish hamda yo‘l infratuzilmasining umumiy holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlar hududda ijtimoiy-iqtisodiy faollikni oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi turmush sifatini yaxshilashga muhim zamin yaratdi.

 

Skip to content