So‘nggi yillarda mamlakatimizda yo‘l sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, iqtisodiy faollikni oshirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirda Nukus shahri hududidagi 95V131 “D234 avtomobil yo‘li (3 km.dan) – Nukus telemarkazi” avtomobil yo‘lining 2–3-kilometr qismida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishlar Nukus TYFDM tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘l mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning ta’mirlanishi transport harakatini qulaylashtiradi, xavfsizlikni oshiradi hamda shahar ichki infratuzilmasining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Natijada, transport oqimi tartibga solinib, tirbandliklar kamayadi, fuqarolar uchun qulayliklar yaratiladi.